Ushbu sahifa xozircha sinovda. Uni saytimizda qoldirishni istaysizmi? Unda shu erdan kirib ma`lumot qoldiring.

 [So`rovnoma]

 

Krill Lotin

Odamiylik haqida

Vaqt,  mehnat,  halollik, bilim, o'zni qo'lga ola bilish, kishining jismoniy, aqliy va ahloqiy qudrati – har qanday boylikning sababchisi mana shulardir.

K.D.Ushinskiy

Inson qanday bo'lishi haqida qachongacha jar solish mumkin, inson bo'lish vaqti ham kelgandir?!

Mark Avreliy

Bir o'zing holi qolganda ham badxoh ishga qo'l urma, yomon so'z aytma. Boshqalarga qaraganda  o'z-o'zingdan ko'proq istihola qilishni o'rgan.

Demokrit

Avvalo yaxshi ahloqni, keyin donishmandlikni o'rgan, chunki ahloqli bo'lmay turib, donishmand bo'lish amri mahol.

Seneka

Ahloqiylik deganda biz faqat tashqi muomalani ko'zda tutmaymiz, balki niyatning butun ichki mohiyatini tushunamiz.

YA.Komenskiy

 

Do'stlik haqida

Do'stlik bebahogina emas, go'zallik hamdir: biz do'stlarni ardoqlagan kishini sharaflaymiz, ko'p dustga ega bo'lish allaqanday ajib narsadek tuyuladi, ba'zilar esa hatto yaxshi odam do'stni mutlaqo bir-biridan ajratmaydilar.

Arustu

Kimki dunyoda o'z do'stlari borligini bilmas ekan, dunyo ham uni bilishi shart emas.

I.Gyote

Butun hayot davomida donishmandlik baxsh etadigan muhim baxtiyorlik do'st qalbini topa bilishdir.

Epikur

Agar taqdir odamga saxovat ko'rsatib,  dunyodagi eng buyuk baxtni tortiq qilmoqchi bo'lsa, unga sadoqatli do'stlar in'om etadi.

E.Telman

Biz bilan birgalashib hech kim quvonmasa, baxtimiz ham naqadar o'z jozibasini yo'qotgan bo'lardi! Biz uchun bizdan ortiqroq qayg'uruvchi do'stimiz bo'lmaganda, kulfatlarga chidashimiz ham qanchalar og'ir bo'lardi.

Siseron

Sadoqat do'stlik vasiyatidir, u insonga berilishi mumkin bo'lgan eng qimmatbaho tortiq.

E.Telman

Yoshlikda tug'ilgan do'slik ajralmas va lazzatlidir, u hech qachon o'lmaydi.

N.M.Karazmin.

 

 

Muhabbat haqida

Sevgi inson qalbidagi hayotbaxsh o'tdirki, shu tuyg'u tufayli odam yaratgan barcha narsalar hayot va nafosat bilan yo'g'rilgandir.

T.G.Shevchenko

 Sevgi manman yuraklarni ham bo'ysundiradi, dimog'dorlarni shafqatga o'rgatadi, ammo uning asosiy xususiyati – nimaiki bor, barini nafosatga o'rab, yuksaklarga ko'taradi.

Mayn Rid

Muhabbat shu qadar qudratliki, u bizning o'zimizni ham qaytadan yaratadi.

F.M.Dostoyevskiy

Sevgi hayotning buyuk bezagidir. U tabiatni gullab-yashnashga, jilolanishga, ajib qo'shiqlar kuylashga, binoyi raqs tushishga majbur etadi.

A.V.Lunacharskiy

Sevgi ko'pincha aqlli kishilarni aqldan ozdiradi va aqlsizlarga aql beradi.

D.Didro

Bo'lmasa ishq, ikki jahon bo'lmasun,

Ikki jahon demaki jon bo'lmasun.

Ishqsiz ul tanki, aning joni yo'q,

Husnni netsun kishikim oni yo'q.

A.Navoiy

Sevgi – ummon uzra porlagan mayoq,

Zulmatu tumanda aslo o'chmaydi.

Sevgi – yorqin yulduz, unga qaramoq -

Dengizchi bexato yo'lin o'lchaydi.

V.Shekspir

Sevgi - ajib bir gul, ammo tubsiz jar yoqasida o'sgan bu gulga yaqin bormoq va uzmoq uchun jasorat kerak.

Stendal

Sevgi o'limni yo'q qiladi va uni quruq sharpaga aylantiradi, u ma'nosiz hayotga ma'no bag'ishlaydi, baxtsizlikni baxtga aylantiradi.

L.N.Tolstoy

 

yuqoriga
Hosted by uCoz