Birinchi raqamli hikoya
Lotin Крилл Mundarija

Zavodga direktor keldi...

Ancha muncha dovrug'i ketgan kompaniyaning bir alohida kichikroq zavodiga bir kuni direktor keldi.

Hamma joyni ko'zdan kechirdi, ish jarayonining borishi, mahsulotlarni yetkazib berish darajasi va xokazolar. Keyin jo'nash oldidan zavod xovlisi o'rtasiga to'rtburchak xolatida terib qo'yilgan 4 ta g'ishni ko'rib qoldi va daftariga nimalarnidir qayd qilib ketdi. Ofisga qaytib kelgach, boshliq yordamchisini chaqirdi va falon zavoddagi hovlida 4 ta g'isht turibdi shuni olib tashlanglar deb buyurdi. Keyin boshliq o'rinbosari zavod bosh injeneriga, bosh injener, bo'lim boshlig'iga, bo'lim boshlig'i master (bosh usta)ga, master shogirdiga, shogird esa hovlidagi qorovulga buyurdi. Shundan so'ng qorovul borib hovlidagi 4 ta g'ishtni olib tashladi.

Va nihoyat 4 ta g'isht olib tashlanganligi to'g'risidagi ma'lumotni qorovul master shogirdiga, shogird masterga, master o'z navbatida bo'lim boshlig'iga, bo'lim boshlig'i bosh injenerga, bosh injener boshliq o'rinbosariga ma'lumotnoma orqali, boshliq o'rinbosari esa direktorga uzundan-uzun bildirishnoma orqali yetkazdi. Shundan so'ng direktor kompaniya kengashini chaqirtirdi va yordamchisini ishga nisbatan mas'uliyatligi uchun unga kattagina oylik hamda mukofot puli ajratdi.

Anchadan keyin kompaniyaga yangi direktor saylandi. Va yangi direktor zavodlarni aylanib yurib, haligi zavodda bir chetda yotgan to'rtda g'ishtni ko'rib qoldi va u ham yon daftariga nimalarnidir qayd etib ketdi. Ofisga qaytib kelgach haligi zavoddagi to'rtta g'ishtni olib hovli o'rtasiga supa shaklida qo'yib qo'yishni buyurdi. Bu hodimlarga dam olishlarida ancha qulaylik yaratishini ham alohida ta'kidlab o'tdi. Va bu buyruq yuqoridagi tarzda aylanib kelib yana qorovul Mamarasulga yuklatildi. Lekin bu safar Mamarasul hammani lol qoldirdi. U «Yo'q, olib tashlamayman, nima men 4 ta g'ishtni u yoqdan olib yuraveradigan ahmoq emasman» dedi. Shundan so'ng Mamarasul ishdan olib tashlandi. Va uning o'rniga yangi ishchi qidirish boshlandi. Buning uchun kompaniya televideniyeda reklama, gazetalar e'lonlar berdi. Kompaniya qoshidagi madaniyat saroyida katta tanlov, va tanlov ishtirokchilari uchun kechqurun bazm uyushtirildi. Tanlov shartlariga ko'ra yangi olinishi kerak bo'lgan ishchi aytilgan ishlarni so'zsiz bajarishi, ishga sitqidildan kirisha olishi va albatta g'isht ko'tara olishi kerak edi. Va nihoyat tanlovda bir kishini tanlab olindi. Yangi qorovul o'sha kundan boshlab ishga kirishdi. Katta xashar uyushtirilib bir kunda zavod xovlisi o'rtasiga loydan kattagina supa qurildi. Yangi supani ochilishida direktor uzun nutq so'zladi hamda kompaniyaning barcha hodimlariga kasaba yushmasi tomonidan osh tarqatildi.

Lekin ertasi kuni zavod ishchilarining hammasi motam kayfiyatiga tushib qolishdi. Chunki kechagina qurilgan va hali qurib ulgurmagan supani qaysidir yuk mashinasi yuklarni yuklagani kirganda ezg'ilab buzib ketgandi. O'sha kuni kompaniya bayrog'i tushirib qo'yildi hamda buzilgan supa uchun motam tutildi. Va xotira sifatida supa qurilgan joyga yodgorlik o'rnatildi.

Hosted by uCoz