Ikkinchi raqamli hikoya
Lotin Крилл Mundarija

Mullo Kaypayning saylovoldi dasturi

 Hukmi davlotning demokratiya digon sharopati tupayli man bandai muminniyem taqir ko'kragimga obtop chiqadiganday

Lokin, olam keng-u fe'l tor ekan. Ya'nikim bir mestoga to'rt go'rso'hta davogarmiz. Ahli qishloqning firqayu-sho'rosi ov mullo Kaypan, aqlingiz mo'g'orlamay shaytonga xay berib otvod bering daya zug'um qilmoqdalar.

Noumid shayton! Otvod berib bo'pman. Shu bois man musichai bezalol magar favqulodda oshdan chiqqan tosh kabi deputatlikka saylonub qolguday bo'sam tubandagi kor-yumushni nakaz olmoqqa jazm etdim.

Yumush raqam-1

Alqasosuul kungi saylov oldi mashvaratida qo'l ko'torib nomzodimga qarshi chiqqon barcha g'animlarim Xakim noskash, Namoz pismiq, Juro qassob, Hakim kalgovlar minan yakko-yakko bo'g'ib bir-bir oshkor sukorim bor.

Yumush raqam-2

Lov xovla valo quvvato qo'qisdan saylonub qosam avval xesh, keyin darvesh deganlariday ijroqo'm imo qilib, qarindoshlar ximo qilsa o'zimga yengil xaftomobil, toji ulumga urol lulka, dovdir yaznamga hammom qurdirib, tul chechamga uchastka obberishni tezlashtiraman.

Yumush raqam-3

Yaratgan ollo bir kun omonatni olari bor. Go'rkov badnafs, murdashuyda me'yor yo'q. Vox! Ahli musulmon, bu qanday bedodlik, ota o'lsa otam-ov, aka o'lsa akam-a deb yig'lamoqlik odat ketdi!

Mahalla-ko'y o'zga nohiyalardan go'rkov, murdashuy, go'yanda qidirib ko'p ovorai sarson. Shul sabab ahli mo'min talabin qondirmoq uchun operatup go'rkov, kooperatup murdashuy, kooperatup go'yanda tashkil etishga sitqidildan kirishaman.

Yumush raqam-4

Ayonkim, kimlar yo'qlikdan yarim yalang'och bo'lsa, yo tavba, ayrimlar to'qlikdan kapir yalang'och. Ax go'zallar, vah go'zallar yuzu ko'zga bo'yoq chaplab oynai jahonga chiqib olib beo'xshov likonglab badan bijizlatganlaringa milliy an'analarimiz bo'y cho'zib qolarmidi. Haq gapirgan ёqmaydi. Yozuvchi Boboyefni sudga bergandan ko'ra yapun magnitafunni sotib detdumga bersalaring bo'lmaydimi husninga husn qo'shilgurlar!

YO nasib, saylonub qosam behad go'zal erkaklar konkursini tashkil etib xayriyadan tushgan tushimga yesir xotunlarga bir juftdan kalish oberishni ta'minlayman.

Yumush raqam-5

Inshoallo saylonub qosam eng ishonchli vakilim Xo'ja telpakka atab aning sevgan qo'shig'i Kiyikni efer orqali yetkazishni ulla agar tezlashtiraman.

Yumush raqam-6

Vodarig'! Ekologuya buzilgan. Imomatda nazorat, namozxonda farosat yo'g'. Yelkalarida chopon kuppa-kunduzi qibloga teskari qarashib poyan toziratni dayrabotda odat etib obi zilolu tevarag atrofni makruh etmakdalar. Alarga osmonga tupurma-betinga tushar desam alar xiringlashib, Obtobalar yetishmaydi. Osmonga tupuru, betingni opqoch, - deydi. E, hay musulmonlar! Saylonub qosam axoludan pul yig'ib machitlar qoshida barcha qulayliklarga ega bo'gon haftamatalik toxirotxona barpo etushga kirishaman.

Endi olar yumusham yo'q. Nomzodimga xudo yor, parilar madadkor busin!

Hosted by uCoz