Ushbu sahifa xozircha sinovda. Uni saytimizda qoldirishni istaysizmi? Unda shu erdan kirib ma`lumot qoldiring.
Krill | Lotin |
Odamiylik haqida |
Vaqt, mehnat, halollik, bilim, o'zni qo'lga ola bilish, kishining jismoniy, aqliy va ahloqiy qudrati – har qanday boylikning sababchisi mana shulardir. K.D.Ushinskiy |
Inson qanday bo'lishi haqida qachongacha jar solish mumkin, inson bo'lish vaqti ham kelgandir?! Mark Avreliy |
Bir o'zing holi qolganda ham badxoh ishga qo'l urma, yomon so'z aytma. Boshqalarga qaraganda o'z-o'zingdan ko'proq istihola qilishni o'rgan. Demokrit |
Avvalo yaxshi ahloqni, keyin donishmandlikni o'rgan, chunki ahloqli bo'lmay turib, donishmand bo'lish amri mahol. Seneka |
Ahloqiylik deganda biz faqat tashqi muomalani ko'zda tutmaymiz, balki niyatning butun ichki mohiyatini tushunamiz. YA.Komenskiy |
Do'stlik haqida |
Do'stlik bebahogina emas, go'zallik hamdir: biz do'stlarni ardoqlagan kishini sharaflaymiz, ko'p dustga ega bo'lish allaqanday ajib narsadek tuyuladi, ba'zilar esa hatto yaxshi odam do'stni mutlaqo bir-biridan ajratmaydilar. Arustu |
Kimki dunyoda o'z do'stlari borligini bilmas ekan, dunyo ham uni bilishi shart emas. I.Gyote |
Butun hayot davomida donishmandlik baxsh etadigan muhim baxtiyorlik do'st qalbini topa bilishdir. Epikur |
Agar taqdir odamga saxovat ko'rsatib, dunyodagi eng buyuk baxtni tortiq qilmoqchi bo'lsa, unga sadoqatli do'stlar in'om etadi. E.Telman |
Biz bilan birgalashib hech kim quvonmasa, baxtimiz ham naqadar o'z jozibasini yo'qotgan bo'lardi! Biz uchun bizdan ortiqroq qayg'uruvchi do'stimiz bo'lmaganda, kulfatlarga chidashimiz ham qanchalar og'ir bo'lardi. Siseron |
Sadoqat do'stlik vasiyatidir, u insonga berilishi mumkin bo'lgan eng qimmatbaho tortiq. E.Telman |
Yoshlikda tug'ilgan do'slik ajralmas va lazzatlidir, u hech qachon o'lmaydi. N.M.Karazmin. |
Muhabbat haqida |
Sevgi inson qalbidagi hayotbaxsh o'tdirki, shu tuyg'u tufayli odam yaratgan barcha narsalar hayot va nafosat bilan yo'g'rilgandir. T.G.Shevchenko |
Sevgi manman yuraklarni ham bo'ysundiradi, dimog'dorlarni shafqatga o'rgatadi, ammo uning asosiy xususiyati – nimaiki bor, barini nafosatga o'rab, yuksaklarga ko'taradi. Mayn Rid |
Muhabbat shu qadar qudratliki, u bizning o'zimizni ham qaytadan yaratadi. F.M.Dostoyevskiy |
Sevgi hayotning buyuk bezagidir. U tabiatni gullab-yashnashga, jilolanishga, ajib qo'shiqlar kuylashga, binoyi raqs tushishga majbur etadi. A.V.Lunacharskiy |
Sevgi ko'pincha aqlli kishilarni aqldan ozdiradi va aqlsizlarga aql beradi. D.Didro |
Bo'lmasa ishq, ikki jahon bo'lmasun, Ikki jahon demaki jon bo'lmasun. Ishqsiz ul tanki, aning joni yo'q, Husnni netsun kishikim oni yo'q. A.Navoiy |
Sevgi – ummon uzra porlagan mayoq, Zulmatu tumanda aslo o'chmaydi. Sevgi – yorqin yulduz, unga qaramoq - Dengizchi bexato yo'lin o'lchaydi. V.Shekspir |
Sevgi - ajib bir gul, ammo tubsiz jar yoqasida o'sgan bu gulga yaqin bormoq va uzmoq uchun jasorat kerak. Stendal |
Sevgi o'limni yo'q qiladi va uni quruq sharpaga aylantiradi, u ma'nosiz hayotga ma'no bag'ishlaydi, baxtsizlikni baxtga aylantiradi. L.N.Tolstoy |
yuqoriga |