Krill | Lotin |
Sen kimsan o'zi?
Rim papasi.
Kim senga aytdi, sen papasan deb.
Xudoning o'zi.
Shu payt suhbatga yana bir bemor qo'shildi:
Uning hamma gapi yolgon. Men buni unga hech qachon aytmaganman.
Sanatoriy vrachi ruhiy kasallikdan sog'aygan bemorga sanitar kuzatuvida shaharni aylanib kelishga ruxsat berdi.
Sog'aygan bemor ko'chada bir chiroyli qizni ko'rib qoldi-da, shosha-pisha uning yoniga kelib, yelkasiga pochta markasini yopishtirdi.
Nima qilayapsiz? so'radi sanitar uning qo'lini tortar ekan.
U menga judayam Έqib qoldi.
Shundoq ham bo'la qolsin. Lekin nima uchun unga marka yopishtirdingiz?
Markasi bo'lmasa, uni menga yuborishmaydi-da.
HAMYON KO'TARMAYDI-DA...
Psixiatr hamkasbiga nolib dedi:
Nima qilishga ham aqlim yetmay qoldi: bir bemo-im doim undan Niagar sharsharasini sotib olishimni so'raydi.
Sotib oling-qo'ying-da.
Ilojim yo'q, haddan tashqari qimmat so'rayapti.
NIMA DEB KISHNAYAPSAN...
Doktor, erim o'zini ot deb tasavvur qilayapti. Suli yeydi, oyoq-qo'liga taqa qoqtirdi. Agar unga gapirgudek bo'lsam, faqat kishnaydi. Siz uni davolay olasizmi, ser?
Albatta davolay olaman, faqat buning xarajati ko'p-da, madam.
Pul bizga pistaning po'chog'i. Faqat o'tgan haftaning o'zidayoq, erim poygada ikki marta birinchilikni oldi.
O'zini Lyudovik XIV deb atagan bemorning ahvoli qalay?
Ancha durust. Endi u o'zini Lyudovik XIII deb atayapti.
Doktor, mening karavotim tagida timsoh yashaydi.
Sizga shunday tuyulayotgan bo'lishi mumkin. U yerda hech qanaqangi timsoh yo'q. O'zingizni shunga ishontirishga harakat qiling.
Yaxshi, doktor. Harakat qilaman... Oradan bir necha kun o'tgach, vrach bemorning xotiniga qo'ng'iroq qildi:
Turmush o'rtog'ingiz o'zini handay sezayapti?
Kecha uni timsoh yeb qo'ydi, xotirjam javob berdi ayol.
Nyu-Yorklik taniqli psixiatr-vrach ho'ngrab yig'layotgan ayolga tasalli berar, u esa xiqillagancha derdi:
Uning miyasiga faqat to'pponchalar, qora niqob, qotillik qilish o'rnashib qolgan. O'g'limni bir amallab davolamasangiz bo'lmaydi, doktor.
Vrach bolani tekshirib ko'rib, dori yozib berdi.
Sizdan iltimos qilaman, xonim, dedi ayolga, o'g'lingizni bir oydan so'ng huzurimga olib kelasiz. Endi o'zingizga kelsak, sizga tinchlantiruvchi dorilardan yozib beraman. Ularni muntazam ichib turasiz.
Oradan bir oy o'tgach, ona o'g'lini yana vrach huzuriga olib keldi.
Xo'sh, o'g'lingiz o'zini qanday his qilayapti? so'radi vrach.
U bilan nima ishim bor. Bilganini qilmaydimi, endi bu meni mutlaqo qiziqtirmaydi, dedi javoban ona.
MENING O'ZIM...
Bir ayol psixiatr vrach xonasiga hayajonlanib kirib keldi.
Doktor! dedi u hayajonini bosa olmay.
Erimni ko'rib qo'ymasangiz bo'lmaydi. Unda ishonib bo'lmaydigan holat yuz berayapti.
Qanaqa holat?
Uningcha, u men emishman.
Bu judayam qiziq-ku, dedi vrach. Uni marhamat qilib huzurimga boshlab keling.
Uni boshlab kelishimning nima hojati bor, dedi ayol ajablanib. Axir mening erim o'zim-ku.
UNUTIB QO'YIBDI
Professor Antoni Seyfrij xotirani o'tkirlashtirish to'g'risida ma'ruza qilgani Miluoka (AQSH) shahridagi ma'ruzalar zaliga kirib bordi. Biroq u yer bo'm-bo'sh edi: professor o'z ma'ruzasini bir hafta keyinga qoldirganini unutib qo'ygan edi.
RESTORANDA
Siz biror narsa buyurganmidingiz?
Buyurganim qachonlar edi. Kutaverib sabrim tugadi.
Nima buyurgan edingiz?
Buni qarangki, sira eslolmayapman.
Doktor, so'ngti paytlarda hamma narsani esimdan chiqaradigan bo'lib qoldim.
Bunaqangi xolat tez-tez yuz berib turadimi?
Nima yuz berib turadi-mi?
Bugun vrachga uchrashib, xotiram yomonligani aytdim.
Ho'sh nima dedi u?
Oldindan pulini to'lab qo'ying dedi.
Aytingchi, parishonxotirligingiz ishingizga halaqit bermayaptimi?
Yo'q, aksincha ishni esdan chiqarishimga yordam berayapti.
Professor talabalar bilan palatalarga kirib, bemorlarni ko'rar ekan, shogirdlariga kasallikni to'g'ri aniqlashga yordam beradigan belgilar to'g'risida gapirib berdi.
Masalan, mana bu yerda, dedi u bir bemor yonida to'xtab, ko'krak qafasi kengaygan bemorni ko'rayapmiz. Odatda bu xil musiqa asboblarini puflab chaluvchilarda kuzatiladi. Siz musiqachimisiz?
Ha dedi bemor.
Ana, ko'rdingizmi, dedi xursand bo'lib ketgan professor, sinchkov ko'zga hammasi ma'lum. Qanaqa musiqa asbobini chalasiz?
Baraban chalaman.
Siz mutlaqo sog'lomsiz. Tomiringiz bir tekisda va aniq urayapti, naq soatning o'zginasi.
Buning ajablanarli joyi yo'q, doktor! Bir daqiqadan beri qo'lingizni soatim ustiga qo'yib turibsiz-da.
Mashhur ko'z doktori talabalarga ma'ruza qilayotgandi.
Ko'zi ojizligidan qiynalayotgan har bir kishi, dedi u, albatta ikki juft ko'zoynak olib yurishi kerak ulardan bittasi o'qish uchun, ikkinchisi uzoqni ko'rish uchun taqiladi. Shaxsan mening o'zim uch juft ko'zoynak olib yuraman. Uchinchi ko'zoynak qolgan ikkitasini topishim uchun kerak menga.