Doktor! Keyingi paytlarda erim oyog'ini sudrab bosadigan odat chiqardi. Buning biror-bir chorasini ko'rmasa bo'lmaydi!
Eringizning yoshi nechada?
Bunga yoshining nima aloqasi bor?
Har holda-da...
Sakson uchda...
Agar shunday bo'lsa, undan yana nimani xohlay-siz?
Oyog'ini sudrab bosmasligini.
Doktor, erimning ahvoli meni tashvishlantiryap-ti.
Nima bo'ldi unga?
Unga biror narsa to'g'risida soatlab gapiramanda, keyin birdan gapimga u mutlaqo quloq solmayotganini sezib qolaman.
Bu kasallik emas, xonim, xudoning in'omi.
Kasalingizga sabab asabingiz, uning buzilishi oqibatida...
Demak, dardim bedavo ekan-da...
Uyqusizlikdan qiynalayotgan bokschi maslahat so'rab vrachga murojaat qildi.
Sizga judayam sinalgan bir uslubni taklif etishim mumkin, dedi vrach.
Uxlagani yotganingizda, ovoz chiqarmay, bir, ikki, uch, to'rt, besh deb to uxlab qolguningizcha sanayvering. Bu darrov uxlab qolishingizga yordam beradi.
Afsuski, bu uslub menga to'g'ri kelmas ekan, dedi bokschi xo'rsinib. Hisob to'qqiz bo'ldi deguncha, o'rnimdan irg'ib turib ketaman.
Doktor, keyingi paytda qulog'im og'irlashib qoldi. Bu meni kechki ovqatdan keyin skripka chalib, rohatlanishdan mahrum etayapti: chalgan kuyimni o'zim eshita olmayapman.
Vrach resept yozib berdida:
Mana shu hab dorilarni albatta sotib oling, deb tayinladi.
Ularni ichsam yaxshi eshitadigan bo'lamanmi?
Yo'q. Bu-tinchlantiruvchi dori. Ularni qo'shnilaringazga bering-da, skripkani qattiqroq chalavering.
Vrach sizga nima qilishni buyurdi?
E-e, qandaydir spirt surtishni.
Xo'sh-xo'sh, yordam berayaptimi?
Qayoqda... Faqat tomog'imni qichishtiryapti.
Hushyorxonada chiqadigan devoriy gazetaga "Sizning salomatligingiz uchun" deb nom qo'yishdi.
Kasalingiz qanaqa ekanligini aniqlash qiyin bo'lyapti. Balki bu, ichkilik tufaylidir.
Yaxshi, doktor, men keyinroq, siz hushyor bo'lgan paytingizda kelaman.
Dori ichish unchalik qo'rqinchli emas. Go'yoki, pivo ichayapman, deb o'ylang.
Yaxshisi, doktor, pivo ichib, bu dori, deb o'ylasamchi...
Larsen ichkilikka tez-tez mukkasidan ketardi. U zararli ishtiyoqidan qutulish maqsadida, vrachning maslahati asosida yoga bilan shug'ullana boshladi. Oradan bir necha hafta o'tgach, vrach Larsenning xotinini uchratib qolib, undan erining ahvoli qandayligini so'rab-surishtirdi.
Yomon, doktor. Endi u, hatto, oyog'ini osmonga qilib boshida tik turgancha shishani bo'shatayapti.
Restoranga kirgan xo'randa ovqat bilan birga bir stakan vino ham keltirishlarini iltimos qildi.
Vinoning qizilidanmi yo oqidanmi? deb so'radi ofisiant.
Axamiyati yo'q, men rangtuslarning farqiga bormayman.
Yuragingiz muntazam urayotgani yo'q. Ichasizmi?
Ichaman, doktor. Lekin muntazam ichaman.
Ma'ruzachi ichkilikning zarari to'g'risida ajoyib ma'ruza qildi-da. To'g'rimi? Hozir borib, buni o'ziga aytaman.
Siz u bilan tanishmisiz?
Bo'lmasam-chi, har kuni birga ichamiz-ku u bilan.
Bir araqxo'r uyi oldidagi zinapoyada o'tirib olib:
Bu u emas. Bu ham u emas. Bunisi ham u emas... deb xadeb bir gapni takrorlar edi.
Bu yerda nima qilib o'tiribsiz? deb so'radi bir yo'lovchi.
Ko'z oldimdan xamma uylar qator bo'lib o'tishyapti. Qachon o'zimning uyim kelib holarkin, deb kutayapman.
Vrach bemorga dedi:
Xonangizni judayam aroq hidi tutib ketibdi-ku.
Aroqni og'riyotgan tishimga bosgandim.
U anchadan beri og'riydimi?
Bolaligimdan.
Vrach senga ichishni taqiqlab qo'ydimi?
Ha. Lekin, baxtimga, aynan nimani ichmasligim kerakligani aytmadi.
Shunday qilib, boshqa ichmayapsiz. Shifo topdingiz, shishadosh do'stlaringizdan aloqangizni uzdingiz. Xo'sh, o'zingizni qanday his qilyapsiz?
Yaxshi, doktor, hatto judayam yaxshi his qilyapman. Buning uchun sizga rahmat.
Salomatligingiz tiklanyaptimi?
Salomatligim juda yaxshi, o'rtoq doktor.
Qiziq, agar ichkilikka sarflab yuborgan pullaringizning hammasi hozir qo'lingizda bo'lib qolsa npma qilardingiz?
Oh, qaniydi doktor, yana ichgan bo'lardim...
Bittasi bor edi, ichardi o'ldi, boshqasi bor edi, ichmasdi u ham o'ldi. Lekin ikkovi bir paytda o'lgani yo'q. Anovinisi, ichmaydigani oldinroq o'ldi, chunki uni mashina bosib ketdi, mashinani esa ichadigan kishi haydab kelayotgandi...
Nimaga bunchalik g'amginsiz?
Ko'rmaysizmi, vrach ichishniyam, chekishniyam taqiqlab qo'ydi.
Shungayam tashvishmi... Boshqa vrachga boring-qo'ying-da.
Men sizga har kuni uch mahal hab dori va bir qadah konyak ichishni yozib berayapman. Xo'sh, qalay?
Unda xab dori ichishdan bir hafta orqada qolibman, konyak ichishdan esa uch xafta oldinga o'tib ketibman.
Bugun o'lgunimcha nchaman!
Ketdik... Men ham sen bilan birga o'lishni xohlayman.
Meni tezroq araqxo'rlar kasalxonasiga yotqizing.
Nega buncha shoshilinch?
Ertaga uyimga qaynonam, uchta qayinsinglim, yana xotinimning xolasi ikki qizi bilan kelayapti...
Kelsa nima bo'libdi?
Axir indinga 8 mart-ku! Qo'rqib ketyapman!
Parijdagi kafelardan biriga kirgan xo'randaning kayfi oshib qoldi. Yonida o'tirgan kishi uni qo'rqitmoqchi bo'lib, dedi:
Bilasizmi, mesye, statistika ma'lumotlariga qaraganda, har yili bir million fransuz spirtli ichimliklarni suiiste'mol qilganligi sababli o'lar ekan.
O-o, lekin buning menga ahamiyati yo'q. Men belgiyalikman.
Eringizni eng noxush ishga ko'niktirib boravering.
Voy, xudoyim-ey! Nahotki u o'lsa.
Yo'q, aslo unday emas. Uning pivo ichishdan qat'iyan voz kechishiga to'g'ri keladi.
Ichishni tashlang! Men bu haqda sizga o'tgan yildayoq gapirgandim.
Esimda. Lekin men, o'shandan beri medisina taraqqiyot qildi, deb o'ylagandim.
Yangi yilning birinchi kuni tong saharlab vrachni telefon qo'ng'irog'i uyg'otib yubordi.
Doktor! Do'stimning sog'lig'idan judayam tashvishda-man.
Nima qildi unga?
Kecha ikkovimiz ozroq ichgandik, endi bo'lsa... bilasizmi, gap ko'm-ko'k jinlar haqida...
Nima do'stingiz ko'ziga ko'm-ko'k jinlar ko'rinyaptimi?
Hamma gap shunda-da, u bironta ham jinni ko'r-mayapti. Xona bo'lsa ularga liq to'la...
Uyqungiz kelmaganda nima ichasiz?
Har ikki soatda bir stakan vino.
Shundan so'ng uxlab qolasizmi?
Yo'q. Lekin bedorlikni xushchaqchaqlik bilan o'tkazaman.
Uzoq umr ko'rish yaxshi-da! Afsus, bunaqangi umrni faqat qariyalargina ko'radi-da.
Bemor vrachga o'z kasalliklari haqida gapirib berar ekan, unga yordam bera olmayotgan medisinadan ham shikoyat qildi. Vrach ikki qo'lini yoniga yoygancha, dedi:
Axir, yoshingiz yetmish oltiga boribdi. Bir umr yosh bo'lib qolishning iloji yo'q-ku.
Buni o'zim ham bilaman, deya kulimsiradi bemor.
Lekin bir umr chol bo'lib qolishga roziman.
Chap oyog'im judayam og'riyapti-da.
Yosh tufaylidirda...
Ha, ammo o'ng oyog'im u bilan tengdosh bo'lsayam, og'rimayapti-da.
Naq, eman daraxtidek baquvvatsiz, do'stim. To'qson yil yashaysiz.
Allaqachon to'qsonga kirganman.
Ana, aytmadimmi.
Oq soch uchun sizda biror-bir narsa bormi?
Chuqur hurmat qilishdan boshha hech narsa yo'q, ser.
Doktor, qonimni tekshirtirmoqchiman. Yaqinda uylanaman.
Uylanaman? Yoshingiz nechada?
Yetmish sakkizda.
Kelinning yoshchichi?
U-mi, atigi- yigirma ikki yoshda.
Yoshlaringiz o'rtasidagi bunaqangi farqning oxiri voy bo'lishi mumkin-ku.
Nima bo'libdi. Agar uning peshonasiga o'lish yozilgan bo'lsa o'ladida.
Bir firibgar yarmarkada "obi-hayot" sotardi.
Do'stlarim, mana menga bir qaranga, derdi u, qanchalik bardam va sog'lomman, holbuki yoshim allaqachon uch yuzga yetgan.
U rostdan ham shunaqangi qarimi? deb so'radi qishloqdan kelgan bir do'lvor firibgarning yordamchisidan.
Aniq ayta olmayman, dedi u hatto ko'zini ham pirillatmay. Men uning qo'lida atigi yuz ellik yildan beri ishlayapman.
Xotiningizning asab kasaliga uchragani albatta, ko'ngilsiz voqea, lekin siz xavotir olmang, u shu holida ham yuz yoshgacha yashashi mumkin.
Men-chi?
Kasalxonada yoshartirish operasiyasi ketayotgan edi. Narkoz bermasdan operasiya qilishayotgandi. Vrach unga tasalli berdi:
Operasiya tugayapti, bir daqiqadan so'ng ogriq o'tib ketadi.
Og'riqdan yig'layotganim yo'q, dedi bemor. Maktabga kech holaman, deb qo'rqayapmay.
Yuz yoshga kirgan qariyadan so'rashdi:
Nimaga siz o'limdan bunchalik qo'rqasiz?
Bilasizmi, javob berdi u, men uzoq yashadim, shuning uchun ham yashashga ko'nikib qolganman.
Toshbaqani nimaga uyga olib kirding?
U rostdan ham ikki yuz yil yashaydimi-yo'qmi, shuni tekshirib ko'rmoqchiman, oyijon.
Jurnalist yuz yoshga kirgan otaxondan so'radi:
Uzoq umr ko'rishingizning siri nimada? Axir siz yoshligingazdan beri chekasiz-ku.
Otaxon trubkasini chekib, tutunni ichiga tortdi, keyin uni sekingina qaytarib chiqarar ekan, dedi:
Mening zamonamda, yigitcha, nikotinning zararli xususiyatlarini bilishmagandi.
Bilib qo'ying, ikki gramm nikotin otni o'ldiradi.
Voy, xudoyim-ey! Nahotki otlar ham cheka boshlashgan bo'lsa.
Mening erim chekishni tashladi.
O'-ho'! Demak u matonatli ekan-da.
Qayoqda! Men matonatli ekanman!
Tamakining zarari to'g'risida shunaqangi ko'p o'qidim-ki, pirovard-oqibatda biror chora ko'rishga qaror qildim.
Chekishni tashladingizmi?
Yo'q, o'qishni yig'ishtirdim.
Esingda tut, nikotin bu sening dushmaning.
Hechqisi yo'q, men uni kechiraman.
Nimaga sen bir soatdan beri benzokolonka yonida turibsan?
Bu yerda chekish taqiqlangan, men esam chekishni, tashlashni judayam xohlayman.
Bemor oyog'i qattiq og'riyotganidan jarrohga shikoyat qildi.
Oyog'ingiz tizzangazdan chiqib ketibdi-ku. Shu holda ko'pdan beri yuribsizmi?
Ikki haftadan beri.
Chidamliligingizdan hayratga tushayapman. Nimaga huzurimga darhol kelmadingiz?
Bilasizmi, biror yerim og'ridi deguncha, xotinim, sen chekishni tapshashing kerak, deyaveradi.