Krill | Lotin |
Ushbu muxlisimiz haqidgi ma'lumotlarni o'z istaklariga ko'ra sir tutamiz
Ko'ylagi shalobbo ho'l bo'lgan Noila oyisiga dedi:
- Oyijon, ko'ylagimni yechishga yordam bering.
Xamir qorayotgan oyisi:
- Qara qo'llarim xamir, o'zing yechina qol.
Noila:
- Oyijon yechavering, ko'ylagimni kir qilib qo'ysangiz urushmayman.
**********************
Ikki asab kasalligi doktorlari uchrashib qolib, biri ikkinchisidan:
- Siz nega o'z bo'limingizdagi bemorlarni chala davolab uylariga javob berib yuboryapsiz?
- Men axir yarim stavkadaman-u!
**********************
Dengiz bo'yida pivoxo'rlik qilib o'tirgan ikki kimsadan biri ikkinchisiga:
- Anavini qaragin! Dengizda erkak cho'kchpti shekilli!
- ha, u aniq cho'kyapti! Uning atrofida qutulib qolish uchun birorta ham xas-cho'p ko'rinmaydi!
**********************
Sihatgohdan poyezdda qaytayotib to'rt ayoldan biri:
- Uyga borganimda erimga butun ta'tilni sihatgohda qanday zo'r o'tkazganimni so'zlab beraman.
Ikkinchisi ichida: «Mana buni jasorat desa bo'ladi!».
Uchinchisi: «Ahmoqona qiliq!».
To'rtinchisi: «Mana buni xotira desa bo'ladi!», dermish.
**********************
Xotin eriga:
- Azizim, siz meni juda yaxshi ko'rasizmi?
- Bo'lmasam-chi, xuddi sen meni yaxshi ko'rgandek.
- Bo'ldi qiling!...
**********************
Ikki do'st uchrashib qolibdi.
- Yangi ko'zoynoklar qalay?
- Mo''jiza! Bilasanmi, men yil davomida ko'rmagan insonlarni ko'ryapman.
**********************
Ikki og'ayni uchrashib qolishdi.
- Qalaysan? Sog'liqlarining yaxshimi? – so'radi ulardan biri.
- E, qayoqda, - nolidi, ikkinchisi, - tomog'im og'rigandan buyon og'zimni katta ocholmayapman.
- Katta ochishing shartmi yo ko'proq ovqat yemoqchimisan?
- E, gap ovqatdamas-da. Xotinimga avvalgidek baqira olmayotganimdan qiynalib ketyapman.
**********************
O'g'lingiz dars vaqtida rogatkadan otib o'tirdi, - deya nolidi o'qituvchi o'quvchining onasiga.
- Eh, shumtaka-ey! Uning tug'ilgan kuniga sovg'a qilgan to'pponchani yo'qotibdi-da, - debdi onasi.
**********************
- Vanya, juda bo'lmaganda menga guldasta sotib olib bersang bo'larmidi?...
- Masha, senga gullarning nima keragi bor, chamamda bandalikni bajo keltirganing yo'q hali, - debdi Vanya.
**********************
Ikki do'st uchrashib qolibdi:
- Senda qanday yangiliklar bor?
- O'g'il ko'rdim. Lekin, unga Svetlana deb ism qo'ydik. Tug'ruqxonadagilar adashib kindik o'rniga boshqa joyni qirqib tashlashibdi.
**********************
Nevara:
- Buvajon, urushda qanday qilib partizan bo'lgansiz?
- Bir buta ortida yashirinib o'tirgandim...
- Fashistlar to'la poyezdni kutib o'tirganmidingiz?
- Ha... bir-biriga halaqit qilmaydi, - debdi buva.
**********************
Darsda bir o'quvchi o'qituvchidan so'radi:
- Ustoz, manavi masalani kecha uyda yechganimda bir javob chiqqan edi, shuni sinfda qayta yechib ko'rsam, boshqa javob chiqyapti. Nima qilsam ekan?
O'qituvchi biroz o'ylanib turgach, dedi:
- Sen masalani ko'chada yechib ko'r!
**********************
Kechki ovqat mahali kichik Jahongir kosasini tozalab yalayotgan edi, onasi unga tanbeh berdi:
- Tovoqni tagini yalama, katta bo'lib uylansang, to'yingda qor ¸g'adi.
- Qor ¸g'sa zo'r bo'ladi-ku, - dedi Jahongir xursand bo'lib.
- Mazza qilib chana uchaman, qorbo'ron o'ynayman.
**********************
Bir kuni Olimjonning hazillashgisi kelib, do'stiga qo'ng'iroq qildi:
- Allo, bu jinnixonada ishlaydigan Avazjonning uyimi? Sizni jinnixonadan bezovta qilyapmiz, tez yetib keling!
Hazilni sezib qolgan Avazjon javob berdi:
- O'zi qaysi jinni bilan gaplashyapman?!
**********************
Futbol o'yinini televizordan tomosha qilib o'tirgan Jahongir akasidan so'radi:
- Aka, nega yapon futbolchilarining hammasini sochi tikka bo'ladi?
- Shuniyam bilmaysanmi, - dedi akasi, - axir yapon futbolchilarining barisi maydonga jahli chiqqan holda tushadi-da.
**********************
Sihatgohda dam olayotgan ayoldan doktor so'rayapti:
- Yoshingiz nechada?
Ayol churq etmadi.
- Balki savolim o'rinli emasdir?
- Savol o'rinli, biroq javobga kelganda...
**********************
- Adajon, yuog'chamizga boring, men tomoshada ishtirok etaman.
- Hay, mayli, sen u yerda kim bo'lib qatnashyapsan?
- Men otning ikkinchi bo'lagi bo'lib qatnashyapman, -debdi.
**********************
- Bolaligimda meni doktor ko'rib: «Tirnog'ingni kemirishni qo'ymasang, ahmoq bo'lib o'sasan», degandi.
- Nega Siz uning aytganini qilmadingiz?
**********************
Bolakay unga kuchuk olib berishlarini juda hohlarkan. Nihoyat, bir kuni unga bo'ribosarni sovg'a qilishibdi. Bolakay bahaybat itning atrofida aylanarkan, dermish:
- Buni menga sovg'a qilishdimi yoki meni ungami?
**********************
Ikki kampir suhbatidan:
- Nabirangiz buvisiga yordam berayotgandir?
- Yordam beryapti! Kecha ikkalasi buvisining nafaqasini tuya qilib kelishdi, - dermish.
**********************
Ikki dugona uchrashib qolib, biri ikkinchisiga:
- Qachondan beri chekadigan bo'lib qolding, buning ustiga sigaradan boshlabsan?
- Erim ta'tildan qaytib kuldonda sigara qoldig'ini ko'rgan kundan beri, - debdi.
**********************
Xotini 19 ta sham qo'ndirilgan tortni olib kelayotganini ko'rgan er xayajonlanib:
- Bugun kimning tug'ilgan kunini nishonlaymiz? – debdi.
- Bugun sen menga po'stin olib berganingga 19 yil to'ldi, - dermish xotini.
**********************
Xotin:
- Sizga bugun tushlik ¸qdimi?
- Sen janjal chiqarish uchun bahona izlayapsanmi?
**********************
Bolakay ko'chadan o'tib borayotgan ayoldan:
- Iltimos, 100 so'm bering, uyimga yetib olay, - debdi.
- Ma, bolakay, ota-onang qayerda?
- Ular kinoga kirib ketishgan edi.