- Tom, sinfingizda eng yalqov kim?
- Bilmayman.
- Hamma yozayotganda kim yozmay qarab o'tiradi?
- O'qituvchimiz...
O'qituvchi:
- Jonni, nega sen maktabga xar kuni kechikib kelasan?
Jonni:
- Men vaqtida yetib kelishga harakat qilaman, lekin muyulishdagi «Maktab! Tezlikni sekinlat!» degan yozuvga ko'zib tushib qoladi-da.
Xola:
- Jimmi tarixdan imtixonni yaxshi topshirib oldimi?
Ona:
- Koshki edi... Lekin bu uning aybi emas. Bolamdan o'zi tug'ilmasdan oldingi bo'lib o'tgan voqealar haqida so'rashibdi, shuyam adolatdanmi?
Avtomaktab oldida ogohlantiruvchi plakat osib qo'yilgan:
«Maktab o'quvchilarini urib ketmang!»
Pastida esa bolalar qo'li bilan o'yib yozilgan yozuv:
«Yaxshisi o'qituvchilarni kutib turing!»
O'qituvchi bolalarga yil fasllari haqida tushuncha bermoqda:
«Qish - sovuq. Bahor – hammayoq gullagan. Yoz – issiq. Kuz esa meva va sabzavotlarga boy». So'ngra savol berdi:
- Piter, qani aytchi, olma yeyish uchun qachon eng yaxshi payt xisoblanadi?
- Qachonki bog'da hech kim bo'lmasa, it ham bog'langan bo'lsa, mazza qilib olma yeyish mumkin.
O'qituvchi:
- Bizning oxirgi tishlarimiz qanday nomlanadi?
O'quvchi:
- Sun'iy.
O'qituvchi:
- Valijon, Vatan bu nima?
Vali:
- Vatan – bu o'rmonlar, dalalar, daryolar, bog'lar...
O'qituvchi:
- Yo'q, sen yanglishding, Vatan – bu sening onang. QAni endi Anvarjon sen aytchi Vatan nima ekan?
Anvar:
- Vatan – bu Valining onasi ekan.
O'qituvchi:
- Yo'q sen ham yanglishding, Vatan – bu sening ham onang. Tushundingmi?
Anvar:
- Ha, tushundim.
O'qituvchi:
- Nimani tushunding.
Anvar:
- Men Valini ukasi ekanligimni.
Oyisi o'g'lini urishyapti:
- Buncha dangasasan?! Geografiyadan olgan «ikki»ngni tuzatmapsan-ku, xali.
- Allaqachon tuzatganman...
- Qanaqasiga?
- Keyingi sahifasidagi «bir»ni nahotki ko'rmadingiz?!