[Eng yangilari] [Yangilari] [Muxlislar Ijodi] [Matmusa Interneda] [Nasriddin Afandi] [Aralash-quralash] [Maktab latifalari] [Shifokorlar hayotidan] [Gobrova latifalari] [Jinnixona latifalari]

 

Krill

Lotin

 

-         Tom, sinfingizda eng yalqov kim?

-         Bilmayman.

-         Hamma yozayotganda kim yozmay qarab o'tiradi?

-         O'qituvchimiz...

 

  

O'qituvchi:

-         Jonni, nega sen maktabga xar kuni kechikib kelasan?

Jonni:

-         Men vaqtida yetib kelishga harakat qilaman, lekin muyulishdagi «Maktab! Tezlikni sekinlat!» degan yozuvga ko'zib tushib qoladi-da.

 

 

Xola:

-         Jimmi tarixdan imtixonni yaxshi topshirib oldimi?

Ona:

-         Koshki edi... Lekin bu uning aybi emas. Bolamdan o'zi tug'ilmasdan oldingi bo'lib o'tgan voqealar haqida so'rashibdi, shuyam adolatdanmi?

 

 

Avtomaktab oldida ogohlantiruvchi plakat osib qo'yilgan:

«Maktab o'quvchilarini urib ketmang!»

Pastida esa bolalar qo'li bilan o'yib yozilgan yozuv:

«Yaxshisi o'qituvchilarni kutib turing!»

 

 

O'qituvchi bolalarga yil fasllari haqida tushuncha bermoqda:

«Qish - sovuq. Bahor – hammayoq gullagan. Yoz – issiq. Kuz esa meva va sabzavotlarga boy». So'ngra savol berdi:

-         Piter, qani aytchi, olma yeyish uchun qachon eng yaxshi payt xisoblanadi?

-         Qachonki bog'da hech kim bo'lmasa, it ham bog'langan bo'lsa, mazza qilib olma yeyish mumkin.

 

 

O'qituvchi:

-         Bizning oxirgi tishlarimiz qanday nomlanadi?

O'quvchi:

-         Sun'iy.

 

 

O'qituvchi:

-         Valijon, Vatan bu nima?

Vali:

-         Vatan – bu o'rmonlar, dalalar, daryolar, bog'lar...

O'qituvchi:

-         Yo'q, sen yanglishding, Vatan – bu sening onang. QAni endi Anvarjon sen aytchi Vatan nima ekan?

Anvar:

-         Vatan – bu Valining onasi ekan.

O'qituvchi:

-         Yo'q sen ham yanglishding, Vatan – bu sening ham onang. Tushundingmi?

Anvar:

-         Ha, tushundim.

O'qituvchi:

-         Nimani tushunding.

Anvar:

-         Men Valini ukasi ekanligimni.

 

 

Oyisi o'g'lini urishyapti:

- Buncha dangasasan?! Geografiyadan olgan «ikki»ngni tuzatmapsan-ku, xali.

- Allaqachon tuzatganman...

- Qanaqasiga?

- Keyingi sahifasidagi «bir»ni nahotki ko'rmadingiz?!

 

 

Hosted by uCoz