[Eng yangilari] [Yangilari] [Muxlislar Ijodi] [Matmusa Interneda] [Nasriddin Afandi] [Aralash-quralash] [Maktab latifalari] [Shifokorlar hayotidan] [Gobrova latifalari] [Jinnixona latifalari]

 

Krill

Lotin

 

TUSHUNMADI

— Otam   aqldan   ozib,   uning   butun   boyligi   menga qoldi.

— Bundan   chiqdiki,   uning  qarzlarini  endi  sen  to'larkansan-da?

— Sen mening gapimga tushunmading: men emas, otam aqldan ozgan.

 

TASHXIS

Gabrovalik bir vrachdan so'rashdi:

— Nima uchun siz bemorlarni ko'rayotganingizda hamisha ularning nimalar bilan ovqatlanishiga qiziqasiz? Kasallikni aniqlash uchun buning ahamiyati bormi?

— Tashxis uchun buning ahamiyati yo'q! Lekin menga to'lanadigan haqni aniqlash uchun, albatta, ahamiyati bor!...

 

TEJAMKORLIK

Tog'da yashovchi bir kishining xotini kasal bo'lib qoldi. Pul ishlatishga uning ko'zi qiymasdi, biroq bemorning ahvoli tanglashib qoldi. Nima ham qila olardi? Majbur bo'lib, vrachni chaqirib kelish uchun kechqurun shaharga yo'l oldi. Biroq yarim yo'lga yetganda nimadir esiga tushib qoldi-da, uyiga qaytib kelib, xotiniga dedi:

— Gapimga quloq sol, Pena, agar umring tugayotganini sezsang, lampani o'chirib qo'y. Kerosin bekordan-bekorga isrof bo'lmasin.

 

 

YO'LINI  TOPDI

Bir gabrovalikka shishacha kerak bo'lib holdi. U dori shishachani topdi, biroq unda ozginagina yod bor edi. Yodni to'kib tashlashga ko'zi qiymagan gabrovalik barmog'ini kesdida, dorining hammasini unga quydi, shundan keyingina shishachadan foydalandi.

 

QABUL  DAVOM  ETADI

Gabrovalik bir vrach o'limi oldidan xotiniga dedi:

— Qabrim ustiga albatta tegishli yozuvi bo'lgan yodgorlik o'rnatgin. Xaloyiq bilib qo'ysin kimdan ajralganini!

U qabrga qo'yilgach, xotini ortiqcha sarf-harajat qilishni istamadi-da, uy eshigidagi — quyidagi mazmundagi bitik bor taxtachani shartta sug'urib olib, marhum erining go'ri ustiga o'rnashtirib qo'ydi:

"Doktor NIKOLAYEV I. P. Har kuni soat 9 dan to 2 gacha qabul qiladi".

 

 

Hosted by uCoz