[Eng yangilari] [Yangilari] [Muxlislar Ijodi] [Matmusa Interneda] [Nasriddin Afandi] [Aralash-quralash] [Maktab latifalari] [Shifokorlar hayotidan] [Gobrova latifalari] [Jinnixona latifalari]

 

Krill

Lotin

SUDRAB  BOSMASIN

— Doktor! Keyingi paytlarda erim oyog'ini sudrab bosadigan odat chiqardi. Buning biror-bir chorasini ko'rmasa bo'lmaydi!

— Eringizning yoshi nechada?

— Bunga yoshining nima aloqasi bor?

— Har holda-da...

— Sakson uchda...

— Agar shunday bo'lsa, undan yana nimani xohlay-siz?

— Oyog'ini sudrab bosmasligini.

 

 

XUDONING INOMI

— Doktor, erimning ahvoli meni tashvishlantiryap-ti.

— Nima bo'ldi unga?

— Unga biror narsa to'g'risida soatlab gapiramanda, keyin birdan gapimga u mutlaqo quloq solmayotganini sezib qolaman.

— Bu kasallik emas,  xonim, xudoning in'omi.

 

ANIQ  XULOSA

— Kasalingizga sabab — asabingiz, uning buzilishi oqibatida...

— Demak,  dardim bedavo ekan-da...

 

TO'QQIZGACHA   SANAGANDA

Uyqusizlikdan qiynalayotgan bokschi maslahat so'rab vrachga murojaat qildi.

— Sizga judayam sinalgan bir uslubni taklif etishim mumkin,— dedi vrach.

— Uxlagani yotganingizda, ovoz chiqarmay, bir, ikki, uch, to'rt, besh deb to uxlab qolguningizcha sanayvering. Bu darrov uxlab qolishingizga yordam beradi.

— Afsuski, bu uslub menga to'g'ri kelmas ekan,— dedi bokschi xo'rsinib.— Hisob “to'qqiz” bo'ldi deguncha, o'rnimdan irg'ib turib ketaman.

 

BIR  O'Q  BILAN...

— Doktor, keyingi paytda qulog'im og'irlashib qoldi. Bu meni kechki ovqatdan keyin skripka chalib, rohatlanishdan mahrum etayapti: chalgan kuyimni o'zim eshita olmayapman.

Vrach resept yozib berdida:

— Mana shu hab dorilarni albatta sotib oling,— deb tayinladi.

— Ularni ichsam yaxshi eshitadigan bo'lamanmi?

— Yo'q. Bu-tinchlantiruvchi dori. Ularni qo'shnilaringazga bering-da, skripkani qattiqroq chalavering.

 

FAQAT TOMOG'IM  QICHISHAYAPTI

— Vrach sizga nima qilishni buyurdi?

— E-e,  qandaydir spirt surtishni.

— Xo'sh-xo'sh,  yordam berayaptimi?

— Qayoqda...  Faqat tomog'imni qichishtiryapti.

 

NISHONGA  URMOQ

Hushyorxonada chiqadigan devoriy gazetaga "Sizning salomatligingiz uchun" deb nom qo'yishdi.

 

TUSHUNDI

Kasalingiz qanaqa ekanligini aniqlash qiyin bo'lyapti. Balki bu, ichkilik tufaylidir.

— Yaxshi, doktor, men keyinroq, siz hushyor bo'lgan paytingizda kelaman.

 


 

YAXSHISI...

— Dori  ichish unchalik qo'rqinchli emas.  Go'yoki,  pivo ichayapman,  deb o'ylang.

— Yaxshisi,   doktor,    pivo   ichib,   bu   dori,   deb   o'ylasamchi...

 

BESH  BATTAR  BO'LDI

Larsen ichkilikka tez-tez mukkasidan ketardi. U zararli ishtiyoqidan qutulish maqsadida, vrachning maslahati asosida yoga bilan shug'ullana boshladi. Oradan bir necha hafta o'tgach, vrach Larsenning xotinini uchratib qolib, undan erining ahvoli qandayligini so'rab-surishtirdi.

— Yomon, doktor. Endi u, hatto, oyog'ini osmonga qilib boshida tik turgancha shishani bo'shatayapti.

 

FARQI YO'Q

Restoranga kirgan xo'randa ovqat bilan birga bir stakan vino ham keltirishlarini iltimos qildi.

— Vinoning qizilidanmi yo oqidanmi?— deb so'radi ofisiant.

— Axamiyati yo'q, men rangtuslarning farqiga bormayman.

 

MUNTAZAM...

— Yuragingiz muntazam urayotgani yo'q.  Ichasizmi?

— Ichaman,  doktor. Lekin muntazam ichaman.

 

ESKI  QADRDONLAR

— Ma'ruzachi ichkilikning zarari to'g'risida ajoyib ma'ruza qildi-da. To'g'rimi? Hozir borib, buni o'ziga aytaman.

— Siz u bilan tanishmisiz?

— Bo'lmasam-chi, har kuni birga ichamiz-ku u bilan.

 

 

SABR-TOQAT  BILAN

Bir araqxo'r uyi oldidagi zinapoyada o'tirib olib:

— Bu u emas. Bu ham u emas. Bunisi ham u emas...— deb xadeb bir gapni takrorlar edi.

— Bu  yerda nima  qilib o'tiribsiz?— deb so'radi bir yo'lovchi.

— Ko'z oldimdan xamma uylar qator bo'lib o'tishyapti. Qachon  o'zimning uyim kelib holarkin, deb kutayapman.

 

YORDAM   BERADI

Vrach bemorga dedi:

— Xonangizni judayam aroq hidi tutib ketibdi-ku.

— Aroqni og'riyotgan tishimga bosgandim.

— U anchadan beri og'riydimi?

— Bolaligimdan.

 

 

OMAD

— Vrach senga ichishni taqiqlab qo'ydimi?

— Ha.   Lekin,   baxtimga,   aynan   nimani   ichmasligim kerakligani aytmadi.

 

 

DAVOLANGACH...

— Shunday qilib, boshqa ichmayapsiz. Shifo topdingiz, shishadosh do'stlaringizdan aloqangizni uzdingiz. Xo'sh, o'zingizni qanday his qilyapsiz?

— Yaxshi, doktor, hatto judayam yaxshi his qilyapman. Buning uchun sizga rahmat.

— Salomatligingiz tiklanyaptimi?

— Salomatligim juda yaxshi,  o'rtoq doktor.

— Qiziq, agar ichkilikka sarflab yuborgan pullaringizning   hammasi   hozir   qo'lingizda   bo'lib   qolsa   npma qilardingiz?

— Oh,  qaniydi doktor,  yana ichgan bo'lardim...

 

MULOHAZA

— Bittasi bor edi, ichardi — o'ldi, boshqasi bor edi, ichmasdi — u ham o'ldi. Lekin ikkovi bir paytda o'lgani yo'q. Anovinisi, ichmaydigani oldinroq o'ldi, chunki uni mashina bosib ketdi, mashinani esa ichadigan kishi haydab kelayotgandi...

 

YO'LI BOR

— Nimaga bunchalik g'amginsiz?

— Ko'rmaysizmi, vrach ichishniyam, chekishniyam taqiqlab qo'ydi.

— Shungayam tashvishmi... Boshqa vrachga boring-qo'ying-da.

 

OLDINGA  O'GIB  KETIBDI

— Men sizga har kuni uch mahal hab dori va bir qadah konyak ichishni yozib berayapman. Xo'sh, qalay?

— Unda xab dori ichishdan bir hafta orqada qolibman, konyak ichishdan esa uch xafta oldinga o'tib ketibman.

 

DO'STING  UCHUN  ZAHAR  YUT

— Bugun o'lgunimcha nchaman!

— Ketdik... Men ham sen bilan birga o'lishni xohlayman.

 

HALI  KECH  EMAS

— Meni tezroq araqxo'rlar kasalxonasiga yotqizing.

— Nega buncha shoshilinch?

— Ertaga uyimga qaynonam, uchta qayinsinglim, yana xotinimning xolasi ikki qizi bilan kelayapti...

— Kelsa nima bo'libdi?

— Axir indinga 8 mart-ku!  Qo'rqib ketyapman!

 

UNGA  BARI  BIR

Parijdagi kafelardan biriga kirgan xo'randaning kayfi oshib qoldi. Yonida o'tirgan kishi uni qo'rqitmoqchi bo'lib, dedi:

— Bilasizmi, mesye, statistika ma'lumotlariga qaraganda, har yili bir million fransuz spirtli ichimliklarni suiiste'mol qilganligi sababli o'lar ekan.

— O-o, lekin buning menga ahamiyati yo'q. Men — belgiyalikman.

 

ENG  NOXUSH  ISH

— Eringizni eng noxush ishga ko'niktirib boravering.

— Voy,  xudoyim-ey!  Nahotki u o'lsa.

— Yo'q, aslo unday emas. Uning pivo ichishdan qat'iyan voz kechishiga to'g'ri keladi.

 

VAQT  O'TAYAPTI-YU...

— Ichishni tashlang! Men bu haqda sizga o'tgan yildayoq gapirgandim.

— Esimda. Lekin men, o'shandan beri medisina taraqqiyot qildi, deb o'ylagandim.

 

TASHVISH

Yangi yilning birinchi kuni tong saharlab vrachni telefon qo'ng'irog'i uyg'otib yubordi.

— Doktor! Do'stimning sog'lig'idan judayam tashvishda-man.

— Nima qildi unga?

— Kecha ikkovimiz ozroq ichgandik, endi bo'lsa... bilasizmi, gap ko'm-ko'k jinlar haqida...

— Nima   do'stingiz   ko'ziga   ko'm-ko'k   jinlar   ko'rinyaptimi?

— Hamma  gap  shunda-da,  u  bironta  ham  jinni  ko'r-mayapti. Xona bo'lsa ularga liq to'la...

 

ENG YAXSHI  TADBIR

— Uyqungiz kelmaganda nima ichasiz?

— Har ikki soatda bir stakan vino.

— Shundan so'ng uxlab qolasizmi?

— Yo'q.   Lekin  bedorlikni   xushchaqchaqlik   bilan  o'tkazaman.


 

 

AFSUS

— Uzoq umr ko'rish yaxshi-da! Afsus, bunaqangi umrni faqat qariyalargina ko'radi-da.

 

IKKISIDAN  BIRI...

Bemor vrachga o'z kasalliklari haqida gapirib berar ekan, unga yordam bera olmayotgan medisinadan ham shikoyat qildi. Vrach ikki qo'lini yoniga yoygancha, dedi:

— Axir, yoshingiz yetmish oltiga boribdi. Bir umr yosh bo'lib qolishning iloji yo'q-ku.

— Buni o'zim ham bilaman,— deya kulimsiradi bemor.

— Lekin bir umr chol bo'lib qolishga roziman.

 

YOSH  TUFAYLIKU-YA,  LEKIN...

— Chap oyog'im judayam og'riyapti-da.

— Yosh tufaylidirda...

— Ha, ammo o'ng oyog'im u bilan tengdosh bo'lsayam, og'rimayapti-da.

 

BASHORAT  QILUVCHI

— Naq, eman daraxtidek baquvvatsiz, do'stim. To'qson yil yashaysiz.

— Allaqachon to'qsonga kirganman.

— Ana,  aytmadimmi.


 

DORIXONADA

— Oq soch uchun sizda biror-bir narsa bormi?

— Chuqur hurmat qilishdan boshha hech narsa yo'q, ser.

 

PESHONASIGA  YOZILGAN BO'LSA...

— Doktor, qonimni tekshirtirmoqchiman. Yaqinda uylanaman.

— Uylanaman? Yoshingiz nechada?

— Yetmish sakkizda.

— Kelinning yoshchichi?

— U-mi, atigi- yigirma ikki yoshda.

— Yoshlaringiz o'rtasidagi bunaqangi farqning oxiri “voy” bo'lishi mumkin-ku.

— Nima bo'libdi. Agar uning peshonasiga o'lish yozilgan bo'lsa — o'ladida.

 

ATIGI...

Bir firibgar yarmarkada "obi-hayot" sotardi.

— Do'stlarim, mana menga bir qaranga, — derdi u, — qanchalik bardam va sog'lomman, holbuki yoshim allaqachon uch yuzga yetgan.

— U rostdan ham shunaqangi qarimi?— deb so'radi qishloqdan kelgan bir do'lvor firibgarning yordamchisidan.

— Aniq ayta olmayman, dedi u hatto ko'zini ham pirillatmay. Men uning qo'lida atigi yuz ellik yildan beri ishlayapman.

 

SHUBHA

— Xotiningizning asab kasaliga uchragani albatta, ko'ngilsiz voqea, lekin siz xavotir olmang, u shu holida ham yuz yoshgacha yashashi mumkin.

— Men-chi?

 

YOSHARTIRISH  OPERASIYASI PAYTIDA

Kasalxonada   yoshartirish   operasiyasi   ketayotgan   edi. Narkoz bermasdan operasiya qilishayotgandi. Vrach unga tasalli berdi:

— Operasiya tugayapti, bir daqiqadan so'ng ogriq o'tib ketadi.

— Og'riqdan   yig'layotganim   yo'q,— dedi   bemor.— Maktabga kech holaman, deb qo'rqayapmay.

 

TARKI  ODAT —AMRI  MAHOL

Yuz  yoshga kirgan qariyadan so'rashdi:

— Nimaga siz o'limdan bunchalik qo'rqasiz?

— Bilasizmi,  javob   berdi   u, — men   uzoq   yashadim, shuning uchun ham yashashga ko'nikib qolganman.

 

TAJRIBA

— Toshbaqani nimaga uyga olib kirding?

— U rostdan ham ikki yuz yil yashaydimi-yo'qmi, shuni tekshirib ko'rmoqchiman, oyijon.

 

 

UZOQ UMR  KO'RISH  SIRI

Jurnalist yuz  yoshga kirgan otaxondan so'radi:

— Uzoq umr ko'rishingizning siri nimada? Axir siz yoshligingazdan beri chekasiz-ku.

Otaxon trubkasini chekib, tutunni ichiga tortdi, keyin uni sekingina qaytarib chiqarar ekan, dedi:

— Mening zamonamda, yigitcha, nikotinning zararli xususiyatlarini bilishmagandi.


 

NAHOTKI

— Bilib qo'ying, ikki gramm nikotin otni o'ldiradi.

— Voy, xudoyim-ey! Nahotki otlar ham cheka boshlashgan bo'lsa.

 

MATONATLILIK

— Mening erim chekishni tashladi.

— O'-ho'!  Demak u matonatli ekan-da.

— Qayoqda!  Men matonatli ekanman!

 

CHORA  KO'RDI

— Tamakining zarari to'g'risida shunaqangi ko'p o'qidim-ki, pirovard-oqibatda biror chora ko'rishga qaror qildim.

— Chekishni tashladingizmi?

— Yo'q,  o'qishni yig'ishtirdim.

 

UNI  KECHIRAMAN

— Esingda tut,  nikotin — bu sening dushmaning.

— Hechqisi yo'q,  men uni kechiraman.

 

O'Z-O'ZINI  DAVOLASH

— Nimaga  sen  bir  soatdan  beri  benzokolonka  yonida turibsan?

— Bu   yerda   chekish   taqiqlangan,   men   esam   chekishni, tashlashni judayam xohlayman.

 

 

ISHONCHLI  VOSITA

Bemor   oyog'i   qattiq   og'riyotganidan   jarrohga   shikoyat qildi.

— Oyog'ingiz tizzangazdan chiqib ketibdi-ku. Shu holda ko'pdan beri yuribsizmi?

— Ikki haftadan beri.

— Chidamliligingizdan   hayratga   tushayapman.   Nimaga huzurimga darhol kelmadingiz?

— Bilasizmi,   biror   yerim   og'ridi   deguncha,   xotinim, sen chekishni tapshashing kerak, deyaveradi.

Hosted by uCoz