[Eng yangilari] [Yangilari] [Muxlislar Ijodi] [Matmusa Interneda] [Nasriddin Afandi] [Aralash-quralash] [Maktab latifalari] [Shifokorlar hayotidan] [Gobrova latifalari] [Jinnixona latifalari]

Krill Lotin

 

Bir kuni bir odam sartaroshxonaga kirib keldi va sartaroshga sochini kal qilib olib qo'yishni so'radi.

Sartarosh sochini aytgandan ham ziyoda qilib g'irt kal qilib olib qo'ydi.

Shundan so'ng xaligi odam oynaga qarab turdida, shunday dedi.

-         Menga kallik yarashmas ekan, yaxchisi sochimni ana u bolanikiga o'xshatib olib qo'ya qoling.

 

 

 

Bir polkovnik baliq tutish  niyatida kun bo'yi soyga qarmoq tashlab o'tiribdi. Xarbiy mundirning tugmalari yechilgan, kun yesa qizdirgandan-qizdirayapti. Qani yendi birorta baliq ilinsa! Polkovnik tez-tez cho'ntagidan ro'molchasini olib taqir boshlarini artib qo'yardi. Oxiri toqati toq bo'lib dedi:

 - Uf-f, bu la'natilarga buyruq berib bo'lmasa!

 

 

Ikki dugona o'zaro suhbatlashyapti:

- Hech hayotingda biror erkakni ilk ko'rishdayoq badaning jimirlab ketganmi?

- Xa, kuni kecha shunaqasi bilan uchrashdim.

- Kim yekan?

- Tish do'xtiri.

 

 

Bir ruhiy hasta kishi do'konga kirdi:

- Menga bir kilogramm sut torting! – dedi.

- Kesib beraylikmi yoki qog'ozga o'rab? – jahli chiqdi sotuvchining.

- Farqi yo'q. Bugun jun paypoq olib kelganman.

 

 

- Bugun meni, portfelingizni qaxvaxonada qoldirib kepsiz, deb masxara qilolmaydigan bo'lding, xotin, - maqtandi er.

- Qiziqmisiz, - hayratlandi xotini. – Axir ertalab ishga portfelsiz ketgandingiz-ku!

 

 

Yarim tunda er g'irt mast holatda yeshikni taqillatdi. Xotini: «Xozir yarim kechasi uyga kelishni ko'rsatib qo'yaman», dedida, qo'liga o'qlog'ni olib, yeshikni ochdi.

- Uni qara-ya! Nuqul mazali narsalar pishirganing-pishirgan-a, oyisi. Erinmaganingni qara! – dedi eri shoshib qolib.

 

 

Yaxshi, Yaxshi... yomon, yomon...

Urushda qatnshgan bir keksa otaxondan reportaj olish uchun bir necha jurnalistlar kelishibdi. Va otaxonga bir necha savol berishibdi:

Jurnalistlar: Otaxon siz urushda kim bo'lib qatnashgansiz?

Otaxon: Uchuvchi bo'lganman.

J: Birorta qiziqroq voqeani eslay olasizmi?

O: Ha, albatta. Bir kuni samolyotda ketayotgan yedim. Birdan samolyot buzilib qoldi.

J: E-e-e, yomon, yomon.

O: Nimasi yomon, mani parashyutim bor yedi.

J: Xa-a, Yaxshi, yaxshi.

O: Nimasi yaxshi, mani parashyuutim ochilmay qoldi.

J: E-e-e, yomon, yomon.

O: Nimasi yomon, pastda somon to'plami bor yekan.

J: Xa-a, Yaxshi, yaxshi.

O: Nimasi yaxshi, somon uyumi yonida beshlik (panshaxa) bor yekan.

J: E-e-e, yomon, yomon.

O: Nimasi yomon, man to'g'ri somon uyumi ustiga tushdim.

J: Xa-a, Yaxshi, yaxshi.

O: Nimasi yaxshi, mani 50 ta soldat o'rab oldi.

J: E-e-e, yomon, yomon.

O: Nimasi yomon, man hammasini otib tashladim.

J: Xa-a, Yaxshi, yaxshi.

O: Nimasi yaxshi, ular hammasi o'zimiznikilar ekan.

 

 

 Universitetda psixologiya darsi. Prefossor kirib keldi va darsni boshladi.

-         Xurmatli talabalar bugun sizlar bilan insondagi 3 xil xolat haqida gaplashamiz. Birinchisi xayron qolish, ikkinchisi achchig'lanish, uchinchisi jaxl chiqish. Men buni sizlarga xozir dalillar bilan tushuntirib beraman, - dedida yonidan cho'ntak telefonini olib bir nomerga telefon qildi.

-         Allo, assalomu alaykum, Shuxrat uydami?

-         Yo'q, kechirasiz Siz adashdingiz chekilli, bu yerda Shuxrat yashamaydi?!

Endi ikkinchi xolat achig'i chiqish, - deb yana o'sha nomerga telefon qildi.

-         Allo, yaxshimisiz, Shuxrat ishdan keldimi, uydami?

-         Men sizga xozir aytdim, Shuxrat bu yerda yashamaydi, nomerda adashyapsiz chekilli?

Endi uchinchi xolat jaxl chiqishi, - deb yana o'sha nomerga telefon qildi.

-         Allo, Shuxrat qanaqa bola o'zi, uyda turadimi yoki doim ko'chada yuradimi?

-         Qanaqa odamsan o'zi, necha marta aytish kerak Shuxrat bu yerda yo'qqq. Nima garangmisan yo gapga tushunmaysanmi...

-         Xo'sh, kimda savollar bor?

-         Menda savol bor, - dedi bir talaba.

-         Xo'sh nima savol aytingchi.

-         Domla siz to'rtinchi xolatni aytmadingiz.

-         Qanaqa xolat ekan.

-         Gangitib qo'yish xolati.

-         Xozir, dedida professor xaligi talaba oldiga keldi va yana o'sha nomerga telefon qildi. Trubkadan shunday javob eshitildi.

-         Allo, assalomu alaykum, men Shuxratman, meni xech kim telefonda so'ramadimi...

 

 

 

Hosted by uCoz