[Eng yangilari] [Yangilari] [Muxlislar Ijodi] [Matmusa Interneda] [Nasriddin Afandi] [Aralash-quralash] [Maktab latifalari] [Shifokorlar hayotidan] [Gobrova latifalari] [Jinnixona latifalari]

Krill Lotin

 

 

 

Ko'chada qulog'i og'irroq ikki kampir o'zaro chaqchaqlashib borardi:

- Voy, Mehriniso, choling yuribdimi?

- Men ham shuni aytamanda, ovsin. Ikki yil qisir qolib bu yil ikkita qo'zilasan degin, qo'y jonivor.

- Noliyverma, chollarning hammasi shunaqa bo'ladi.

 

 

2 do'st poyezdga shoshayapti.

- Poyezd jo'nashiga qancha vaqt qoldi?

- 10 minut.

- Meni soatimda esa 5 minut.

- Unda sen tezroq yugur bo'lmasa poyezdga kech qolasan.

 

 

O'quvchi o'qituvchiga:

- G'alati gap-a. Shu narsani mendan o'tgan haftada ham so'ragan edingiz. Nahot xotirangiz chatoq bo'lsa. Men o'shanda sizga aniq va lo'nda qilib Bilmayman deb javob bergan edim.

 

 

Idish-tovoqlarni yuvayotgan dadasiga o'g'li dedi:

- Ada, ada oyimning qo'lida necha yildan beri ishlaysiz?!

 

 

Bir kishi Nigeriyaga xizmat safariga bordi va tamaddi qilish uchun restoranga kirdi.

- Kechirasiz janob nima hoxlaydilar?

- Menga avval menyuni bersangiz, bir o'qib chiqsam.

- Uzr janob, bu yer restoran. O'qigingiz kelsa marhamat, kutubxonaga boring.

 

 

Bir odam kurortda bir kishini uchratib qoldi.

- Iye, Janob Gonsales, buni qarang-a. Bir yilda juda ham o'zgaribsiz. Ancha semiribsiz, mo'ylov, qorayibsiz. E-e, lekin qoyil odam bir yilda bunchalik o'zgarishi mumkin emas.

- Kechirasiz, men javob Gonsales emas, men janob Tompsonman.

- E-e-e, gapingizni qarang janob Gonsales, familiyangizni ham o'zgartiribsiz-da!

 

 

Er xotiniga yalindi.

- 3 so'm ber

- Yo'q bersam yana ichib qo'yasan.

Kechqurun xotin ishdan kelib qarasa uyda g'ozlar yo'q.

Xoy, er, g'ozlar qani. Shirakayf er:

- G'ozlar janubga uchib ketishdi. Agar 3 so'm bermasang, qo'ylar ham toqqa chiqib ketishadi.

 

 

Bir kishi tamaddi qilish uchun restoranga kirdi.

Ofisant: - Siz nima ichasiz janob kofe-mi, choy-mi?

Xo'randa: - Choy.

Ofisant: - Ve-ye, topomadingiz kofe.

 

 

- Televizor hech qachon gazetani o'rnini bosa olmaydi.

- Nimaga endi bosa olmas ekan.

- Mana misol uchun, sen, televizorni yuzinga bosib uxlay olasanmi?!

 

 

Futbol o'yini rosa qizigan vaqt.

Sharxlovchi ham juda hayajonda. Mana xozir to'p chap qanot tomon uzatildi. Yo'q u o'ng qanotda. Mana xozir to'p himoya chizig'ini yorib o'tdi. E-e-e, himoyachilarda Abdurasulov uni maydon markaziga qarab yo'naltirdi. Lekin raqib o'yinchilariga Masharipov abjirlik qilib uni maydon markazidan turib to'g'ri darvoza tomon yo'llandi. Gol!!! Yo'q, bunday xodisa maydonda sodir bo'lmadi.

Shu vaqt sharxlovchi xonasiga terga botgan murabbiy kirib keldi. Xoy, sal sekinroq o'qi, bolalar ulgurishmayapti-ku axir

 

 

E'lon!

Zotli it sotiladi. Egasiga juda ham sodiq! Umuman ovqat tanlamaydi. Hamma narsani yeyaveradi. Bolalarni juda ham yoqtiradi.

 

 

Bir kishi Texronga boribdi. Qaytishda xotini uchun ko'zachalar sotib olish uchun bozorga kiribdi.

Qarasa hamma ko'zalarning usti berk emish. Hayron bo'lib, bir ko'zani olib ko'ribdi, yana ham hayrati oshib, shunday debdi:

- Birorta ko'zasini og'zi ochiq emas, uning ustiga tagi ham teshik ekan!...

 

 

Nevara yozgi ta'tilda bobosinikiga mehmonga boribdi.

- Shu desang o'g'lim, xo'rozvoy ham ertalab erta uyg'otib turardi. Nimagadir yaqin kunlarda kech chaqirayapti.

- E-e, bobo, siz u xo'rozvoy degan budilnigingizni muruvvatini burashni unutib qo'ygansiz.

 

 

Oyisi o'g'lini urushyapti.

- Menga qara, yap-yangi shim bilan, shunday balchiq, loy ko'lmakka yiqildingmi?

- Oyijon, shundaqangi katta tezlik bilan yiqildim-ki, xatto shimimni ham yechib olishga ulgurmadim.

 

 

Bir kishi janubga dam olishga keldi. Bir uyni ijaraga olmoqchi bo'ldi.

- Nahotki, sal arzonroq qilishning iloji bo'lmasa, bir xona uchun 2500 lira.

- Siz hech narsani tushunmas ekansiz, qarang xonaning derazasida qanday go'zal manzara. Dengiz mavjlanib turibdi. Undan tashqari dengiz ortida go'zal tog' manzarasi.

- Xo'p, xo'p. Mayli, men biror marta ham derazaga qaramayman deb va'da bersamchi.

 

 

Er yana ichib keldi. Xotin yana janjal ko'tardi.

- Nima, yana ichib keldizmi? Biror marta mana shu aroq o'lgurni ichmay kelasizmi? Nimaga ichaverasiz shu yer yutkurni?

- Nima qilay, aroq suyuq ichiladi. Agar qattiq bo'lganda, g'ajirdim.

 

 

Asab kasalliklari mutahassisi bemorni qabul qilayapti.

- Bemor asabiylashmang. Qani bu yoqqa yoting-da, o'zingizni qiynayotgan narsalarni gapirib bering.

- O'zimni qiynayotgan narsalarimniDo'xtir, hamma umid sizdan.

- Qani, qani?

- Siz oxirgi umidim: dushanbagacha 10,000 so'm berib turing.

 

 

Brejnev se'zda ma'ruza qilyapti:

- Bu besh yillikda biz juda yaxshi yashay boshlaymiz.

Anjuman qatnashchilari lom-lim deyishmabdi. Brejnev yana qaytaribdi.

- Bu besh yillikda biz juda ham yaxshi yashay boshlaymiz.

Shunda zalda o'tirganlardan bittasi savol beribdi:

- Biz-chi?

 

 

Bir yaxudiyga globus berishib, tila, tilagingni, o'g'il bola, qayda yashashni istaysan, deb so'rashibdi.

Haligi globusni aylantirib ko'ribdi-da, so'rabdi:

- Boshqa globus yo'qmi?

 

 

 

 

Hosted by uCoz