[Eng yangilari] [Yangilari] [Muxlislar Ijodi] [Matmusa Interneda] [Nasriddin Afandi] [Aralash-quralash] [Maktab latifalari] [Shifokorlar hayotidan] [Gobrova latifalari] [Jinnixona latifalari]

Krill Lotin

 

Ota o'g'lidan:

- Menda o'nta olma bor. Ikkitasini yesam, nechta qoladi? – deb so'radi.

- Bilmayman, - dedi o'g'li. – Biz maktabda masalani apelsinda yechamiz.

 

 

Kitob magaziniga kirgan kishi sotuvchi ayoldan so'radi:

-         «Erkaklar ayollarni e'zozlashi kerak» degan kitob bormi?

-         Fantastika bo'limi qo'shni xonada.

 

 

Avtobus bekatida g'irt mast kishi simyog'ochga suyanib turibdi. Boshqa mast uning oldiga kelib so'rayapti:

-         Nima qilayapsan bu yerda?

-         Avtobus kutyapman.

-         Jinnimisan, kim seni bunday uzun ¸g'och bilan avtobusga qo'yadi?!

 

 

Notiq uzundan-uzoq nutqidan so'ng tinglovchilarda so'radi:

-         Savollar bormi?

-         Bor.

-         Marhamat.

-         Soat necha bo'ldi?

 

 

-         Keling, shu yerda o'tiramiz, - dedi qiz.

-         Yo'q, skameykada o'tiramiz, - dedi yigit. – U yer qum. Men sarg'ish qumni yaxshi ko'raman.

Ular kichkina o'rindinqqa yonma-yon o'tirishdi. Yigit tayoqcha bilan sarg'ish qumga nimadir chiza boshladi.

-         Nima chizayapsan?

-         Bu sen.

-         Yo'q, o'xshamayapti.

-         Mayli, o'xshamasin.

Unga chizish qiyin bo'ldi. Negaki, qum quruq edi. Issiq shamol ham esardi.

-         Ke, ertaga yana shu yerga kelamiz, - dedi qiz.

-         Sen bu yerga rostdan kelasan-a? Aniqmi?

-         Aniq.

U ertasiga kelmadi, indiniga ham. Ikki kundan, bir oydan keyin ham kelmadi. Umuman kelmadi.

Qiz esa bu yerga tez-tez kelib, o'sha skameykada yolg'iz o'tirardi.

U o'ylab o'yiga yeta olmasdi: «Yigit nima uchun kelmadi?..» Negaki, qiz yigitni ota-onasi boshqa maktabga berib yuborganligini bilmas edi.

 

 

«Azizim! Men sen uchun okeanni-da suzib o'tishga, olov va chakalakzordan himoyasiz o'tishga, hech qanday ikkilanishsiz, dadil jarlikka-da sakrashga tayyorman. Bilginki, senga yetishish yo'lidagi har qanday to'siq va qiyinchiliklar men uchun qo'rqinchli emas.

P.S. Yakshanba kuni albatta kelaman, faqat yomg'ir ¸g'masagina»

 

 

Polkovnik generalga qo'lga kiritilgan muvaffaqiyatlar haqida xisobot bermoqda:

-         ... qismda ayniqsa, tartib-intizom sohasida ulkan yutuqlarga erishdik.

Shu payt qiya ochiq eshikdan soldat bosh suqdi:

-         Ey, qariya, mashinangni minib ketyapman, xo'pmi?

Polkovnik hayratda qolgan generalga o'girilib, dedi:

-         Mana ko'rdingizmi, yarim yil oldin ular xatto so'rab ham o'tirishmasdi.

 

 

Kaltak yegan bolaga tasalli beribdilar:

-         Xafa bo'lma bolakay, tayoq jannatdan chiqqan, yaxshi narsa!

-         Xecham-da, - debdi bola yig'idan to'xtamay, - yaxshi bo'lsa jannatdan chiqmasdi.

 

 

-         Xo'jam, inson maymundan paydo bo'lgan deyishadi, shu rostmi?

-         Unda olma pomidordan bo'lgan ekan-da?!

 

 

-         Bu yerda, qishloqda, - dedi xola shaharlik jiyaniga, - yertalab odamlarni xo'roz uyg'otadi.

-         Judayam yaxshi, iltimos, xola, uni sakkiz yarimga to'g'rilab qo'ying.

 

 

Arslon bilan quyoncha qahvaxonaga kirishdi.

-         Men juda ochman. Salat tayyorlab bering, - dedi quyon.

-         Xo'jayiningiz och emasmi? – so'radi ofisant.

-         Ahmoqona savol, agar och bo'lsa, unga ergashib yurarmidim.

 

 

Ikki bolakay suxbati:

-         Kel, zoopark-zoopark o'ynaymiz.

-         Mayli, faqat qanday qilib o'ynaymiz?

-         Bundan osoni yo'q. Men maymun bo'laman, sen uyingdan menga apelsin olib kelasan.

 

 

-         Dada, chehrangizni yaxshi eslaysiz-a?

-         Bu nima deganing, o'g'lim?

-         Ya'ni, burningiz, iyagingiz, og'zingiz qayerdaligini bilasizmi?

-         Albatta, albatta.

-         YE, xayriyat-ye... Men siz soqol oladigan oynani sindirib qo'yib, qo'rqib yuruvdim.

 

 

Ona:

-         Men o'g'limni ikki funt olxo'riga jo'natuvdim. U bo'lsa bir yarim kilo olxo'ri olib keldi.

Sotuvchi:

-         Men tarozim to'ppa-to'g'ri xonim. Lekin siz bolangizni tortib ko'rmadingizmi?

 

 

-         Azizim, adang zinapoyalardan yiqilayotib nima dedi? – so'radi ona o'g'lidan.

-         Yomon so'zlarni qoldirib aytaymi? – so'radi bola.

Ona:

-         Albatta, azizim.

O'g'il:

-         Unda, adam xech narsa degani yo'q.

 

 

Kichik Frenk sud zalida o'tiribdi. Uning ota-onasi ajralishmoqchi. Sudya Frenkdan so'radi:

-         Ayt-chi, bolakay, sen kim bilan yashashni xoxlaysan, oying bilanmi yoki adang bilanmi?

-         Bu menga bog'liq emas, chunki kompyuter kimga tegsa, o'sha bilan yashayman.

 

 

Biz xotinim bilan kinoga bormoqchi bo'lib turgan edik, shu payt eshik qo'ng'irog'i jiringlab qoldi. Eshikni ochdim. Eshik oldida yuzlari shamolda qoraygan bir bola turardi.

-         Kimning o'g'lisan, - so'radim bolakaydan.

-         Dada, - dedi bola jovdiragancha.

-         Nima? – jahlim chiqib dedim.

-         Nima qildi? – oyna oldida o'tirgan xotinim so'radi.

-         Qanaqadir bir bola meni dada deyapti.

-         Dada deyapti? – so'radi xotinim va eshik oldiga keldi. U qaxr bilan oldin menga, so'ngra bolakayga qarab oldi.

-         Demak, bu sening dadang? - so'radi u.

-         Qanaqa bola o'zi bu, dada emish-a, - dedim bo'zarib.

-         Shoshmay tur xozir hammasini aniqlaymiz! O'zi senga turmushga chiqishda ham shubhalanuvdim...

So'ng bolaga o'girilib so'radi:

-         Oying kim?

-         Siz,-dedi bolakay burnini tortib.

-         Demak, sen menga turmushga chiqishda shubhalangansan, - jilmaydim men – Xo'sh, xo'sh...

-         Bola aldayapti! – baqirdi xotinim.

-         Hoy, shumtaka, uyat emasmi senga!

Bola burnini tortib qo'yarkan cho'ntagidan rasm olib menga uzatdi. Men rasmda xotinim bilan o'zimni ko'rdim.

-         Bu yana qanaqa xazil, - jaxlim chiqib dedim, shu payt xotinim mening gapimni bo'lib dedi:

-         To'xta, to'xta, to'xta... Axir, bu bizning qishloqda buvisinikida yashayotgan o'g'limiz emas-mi?

-         Ha, bu men, - dedi bolakay.

-         Teshavoy, o'g'lim, - yig'lab yubordi xotinim – Oyingni kechir, seni tanimagani uchun...

-         Men Teshavoy emas, uning akasiman.

-         Qanaqa onasan o'z o'g'lingni tanimasang. Mo'mintoy, o'g'lim kelaqol o'zimga.

Bola yana keskin bosh chayqadi. Bundan chiqdi bu bizning to'ng'ichimiz-Boltavoy.

Qara vaqtning tez o'tishini, bolalar shunaqa tez o'sishadi-ya,-o'g'limizni bag'riga bosib dedi xotinim.

-         Mening nazarimda biz ularni kechagina qishloqqa jo'natgandaymiz. O'g'lim nimaga kelding?

-         Bilasizmi dada, maktabga kech qoluvdim, qaytib borsam buvim urishib beradilar. Avtobusga o'tirdim-u kelaverdim.

-         Yaxshi,-dedi xotinim.-Dars qoldirish! Bu xammasi qishloqcha tarbiyaning oqibati! 

 

 

Ikki dugona bir-biriga xat yozayapti: «Men Afrikada yashayman. Bu yer juda ham issiq bo'lganidan odamlar kiyimsiz yurishadi. Iste'mol qiladigan narsamiz - bananlar», desa ikkinchisi: «Men Moskvada yashayman. Bu yer juda sovuq. Agar biz ham xar kuni bananlar yeydigan bo'lsak, «kiyimsiz qolishimiz aniq», dermish.

 

 

Yarim kechada uchta mast kishi temir yo'ldan ketisharkan, biri dedi:

-         Bu zinapoya juda baland ekanmi-a?

-         Ushlab chiqishga tutqichlari ham past ekan, - dedi ikkinchisi.

Uchinchisi yengil tin olib:

-         Hechqisi yo'q, ana lift kelyapti, - dermish.

 

Hosted by uCoz